Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgan bokschi Shahram G‘iyosov 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sportchi holat boshqa qaytarilmasligini aytib uzr suradi. Ekologiya vazirligi jonivor Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirilganini bildirdi.
Buka Gym o‘z sport zalida bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan jang qilgani aks etgan video uchun uzr so‘radi. Kompaniya video suratga olinganidan bexabar ekanini ma’lum qildi. Barcha mas’ul shaxslar bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan. Ekologiya vazirligi holatni o‘rganmoqda.
Internetda bokschi Shahram G‘iyosov Buka Gym sport zalida ayiq bilan jang qilib, uni chalqanchasiga yiqitgani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda sportchining harakatlari qoralandi. “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati IIV va Ekologiya vazirligiga murojaat qildi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov AQShda Migel Parra ustidan g‘alaba qozondi. Yettinchi raundda G‘iyosov jigarga aniq zarba berdi, biroq hakam buni kamardan pastroqqa berilgan zarba deb hisobladi va undan ochko olib qo‘ydi.
O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov AQShda meksikalik Kristian Gomesni mag‘lub etdi va vakant bo‘lgan IBF North American chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Toshkentda o‘tkazilgan professional boks kechasida Isroil Madrimov fransiyalik raqibi Mishel Soroni texnik nokautga uchratdi, biroq hakamning harakatlari tufayli jang yakuni baxslarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, kechada Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘smatov va Elnur Abduraimov o‘z raqiblarini nokautga uchratgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Dilshodbek Ro‘zmetov ochkolar hisobiga g‘alabaga erishdi.
Boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kunida O‘zbekistondan to‘rt nafar bokschi bahs olib bordi. Shaxobiddin Zoirov, Madiyar Saidrahimov va Abdumalik Xalaqov ishonchli tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Amaldagi jahon chempioni Shahram G‘iyosov Qozog‘iston vakiliga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Serbiyada bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Yakuniy ro‘yxatda professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov ham bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting